Giyohvandlik – jamiyat uchun xavf: Qo‘qon davlat universitetida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi
Qo‘qon davlat universitetida “Giyohvand moddalarni jamiyatga va aholiga salbiy ta’siri” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda giyohvand moddalarning inson salomatligi, oilaviy muhit va jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan jiddiy zararlari xususida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Tadbir doirasida mutaxassislar ishtirokida suhbatlar tashkil etildi.Shuningdek, mavzuga oid videorolik namoyish etildi, bu esa tadbir ishtirokchilarida kuchli ta’sir qoldirdi.
Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi va ularga batafsil javoblar olishdi. Tadbir yakunida giyohvandlikka qarshi kurashda har bir fuqaroning faol ishtirok etishi jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati