16 Avgust 2025 yil 80

Qo‘qonda qimor o‘yini fosh etildi

Qo‘qon shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shaharning Degrezlik mahallasi hududida maxsus tayyorlangan xonalarda qimor o‘yini tashkil etilgani aniqlandi.

Tekshiruvda 10 nafar o‘yin ishtirokchisi va 1 nafar tomoshabin qimor o‘yinida ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi. O‘yinlarda “shashqol” otilib, har bir o‘yinga 5 000–10 000 so‘m miqdorida pul tikilgan.

Tadbir davomida jami 4 128 000 so‘m pul mablag‘i, 14 dona stakancha, 2 dona “shashqol” o‘yini uchun mo‘ljallangan surup daliliy ashyo sifatida olindi.

Holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech