11 Yanvar 2022 yil
556
Qidiruvdagi shaxslar ushlandi
10.01.2022 yil kuni Fargʼona viloyati IIB MvaFRB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan U.O.ni qoʼlga olishdi.
Shuningdek, Qoʻshtepa tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan R.Sh.ni qoʼlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati