15 Mart 2025 yil 2242

Profilaktik hisobida turgan xotin-qizlarni qayta jinoyat sodir etishini oldini olish maqsadida joylarda tadbirlar tashkil qilinmoqda

 Xususan, viloyati hokimligi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamkorligida Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvardagi 1-son qaroridan kelib chiqib, Furqat tumanida “Ayolni e’zozlash-yezgulik va adolat mezoni” nomli tadbir tashkil etildi.

 Tadbirda Qo‘qon shahri, Dang‘ara, Bag‘dod, Uchko‘prik, Beshariq hamda O‘zbekiston tumanlarida yashovchi probatsiya hisobida turgan xotin-qizlar ishtirok etishdi.

 Uchrashuv davomida ishtirokchilaring huquqiy bilimlari mustahkamlandi. Qayta jinoyat sodir qilishning oqibatlari tushuntirildi. Shuningdek, sayyor qabul tashkil etilib, xotin-qizlar murojaatlariga yechim topildi.

 Bundan tashqari 68 nafar xotin-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Mehnat yarmarkasi tashkil etilib, ularga munosib ish o‘rinlari taklif qilindi.

 Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech