10 Avgust 2024 yil 1875

"Probatsiya oyligi" doirasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari - probatsiya boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sharof O‘razaliyevich Uralov tomonidan probatsiya tizimda raqamlashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarini o‘rganish maqsadida, Farg‘ona viloyat IIB probatsiya boshqarmasida tashkil etilayotgan “Vaziyatlarni jamlash (Situatsiya) markazi” faoliyati bilan tanishdi.

hududiy probatsiya bo‘lim (bo‘linma, guruh) lar hisobida 12.006 nafar nazorat ostidagi shaxs bo‘lib, ularning barcha maʼlumotlari “E-probatsiya” elektron dasturiga kiritilgan. Bu jarayonda, xar bir shaxsning maʼlumotlari xamkor tashkilotlar orqali tezkor almashish, yangilanishi, o‘zgartirilishi, saqlanishi masʼul xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, hududiy probatsiya bo‘limlar binosiga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarini “Vaziyatlarni jamlash (Situatsiya) markazi”ga integratsiya qilish orqali probatsiya inspektori tomonidan nazorat ostidagi shaxslar o‘tkaziladigan profilaktik suhbatlar jarayonini kuzatish va shaffofligini taʼminlanadi hamda ko‘ngilsiz hodisalarni oldi olinadi.

Shu bilan birga, probatsiya xizmati faoliyatida tezkor axborot almashinuvini amalga oshirish, qog‘ozbozlik holatlarini kamaytirish, axborot tizimiga probatsiyani amalga oshiruvchi va ishtirok etuvchi subyektlarning elektron tizimlarini integratsiya qilish “E-probatsiya” elektron axborot tizimini to‘liq ishga tushirish bo‘yicha hisobot va takliflar bilan tanishdi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech