29 Avgust 2025 yil
207
Prezidentimizning 253-son qarori ijrosini samarali tashkil etish maqsadida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik F. Usarov boshchiligida Marifat mahallasida yig‘ilish o‘tkazildi
Uchrashuvda mahallada jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, aholini huquqbuzarliklardan himoya qilish hamda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha mas’ul rahbarlar tanishtirildi. Shuningdek, ularga qaror talablarini amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilish davomida “Namunali xavfsiz ko‘cha” va “Namunali xavfsiz uy” loyihalarini amalga oshirish, mahallada profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish va aholining huquqiy ongini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati