27 Oktyabr 2025 yil 369

Farg‘ona viloyati IIB PPX bataloni xodimlari tarixiy "Pirsiddiq" majmuasiga tashrif buyurdilar

Farg‘ona viloyati IIB rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi doirasida Patrul-post xizmati bataloni xodimlari XVII–XIX asrlarga taalluqli tarixiy yodgorlik — “Pirsiddiq” majmuasiga tashrif buyurdilar.

Xalq orasida “Kabutarli mozor” nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu ziyoratgoh tashrif ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Bunday tashriflar xodimlarning tarix va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech