28 Avgust 2025 yil 280

Farg‘ona viloyati IIB rahbarining topshirig‘i asosida "Payshanba — profilaktika kuni" doirasida tadbirlar o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i general-mayor A. Ikramov tomonidan berilgan topshiriqlar asosida, joriy yilning navbatdagi "Payshanba — profilaktika kuni" munosabati bilan Beshariq tumanida kompleks profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlar tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari rahbarligida tashkil etilib, hududdagi "notinch" deb e’tirof etilgan oilalarda o‘rganish va tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Tadbirlar davomida oilalarda mavjud muammolar, ularni keltirib chiqarayotgan omillar o‘rganildi. Shuningdek, oilaviy munosabatlar doirasida yuz berayotgan huquqbuzarliklar, jinoyatlar va har bir xatti-harakatning huquqiy oqibatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Fuqarolar rasman og‘oxlantirildi hamda kelgusidagi huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tegishli profilaktik choralar belgilandi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech