22 May 2025 yil
3276
O‘zbekiston tumanida o‘z xonadonida 635 dona quritilgan ko‘knori boshoqlarini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi
“Qoradori 2025” tezkor tadbiri davomida Qo‘qon shahar IIB hamda O‘zbekiston tuman IIB xodimlari tomonidan 1965 yilda tugilgan Do‘stlik mahallasida yashovchi fuqaro G.U.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, tomorqasidagi issiqxonasida 26 tup ko‘knori o‘simligini parvarishlab, 635 dona quritilgan ko‘knori boshoqlarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati