Quvonchli dil so‘zlari: “O‘zbekistonning baxtli fuqarosiman”
Muborak Ramazon hayiti arafasida Prezidentimizning farmoniga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi 20 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Ularga pasport topshirish marosimi katta shodiyonaga aylandi.
Shu munosabat bilan viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat IIB boshlig‘i Azizbek Ikramov ishtirok etdi.
Viloyat rahbari barchani Ramazon hayiti bilan tabriklab, mamlakatimizda Prezidentimizning odilona va xalqchil islohotlari bilan minglab insonlarning vatanli bo‘lish, O‘zbekistonda teng huquqli yashash, o‘z uyida doimiy ro‘yxatdan o‘tish niyati amalga oshganligi, bu ezgu tashabbus davom etayotganligini e’tirof etdi. “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan ezgu g‘oya muhim mezonga aylangani odamlarni hayotdan rozi qilishda o‘z samarasini berayotganligi ta’kidlab o‘tildi.