8 Avgust 2024 yil 1757

O‘tkazilayotgan “probatsiya oyligi” doirasida Qo‘qon iqtisodiy zonasidagi "ishga marhamat" monomarkazida viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Farg‘ona viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan ikkinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha  probatsiya nazoratidagi shaxslar ishtirokida uchrashuv va mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Mazkur uchrashuvdan asosiy maqsadi probatsiya hisobidagi shaxslarni huquqiy savodxonligini oshirish, ularning  hayotida o‘z o‘rnini topishlari uchun amaliy yordam ko‘rsatish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirishdan iborat.

Yarmarkada jazo muddatini o‘tab qaytgan va probatsiya ro‘yxatida turuvchilar shaxslar ishtirok etib, Furqat tumani IIB JXX probatsiya hisobida turuvchi 6 nafar fuqaro o‘zlariga mos ish o‘rinlariga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, uchrashuvda monomarkada mavjud kasb-hunarlar bilan fuqarolar tanishdilar  va 3 nafar fuqaro o‘qishga yo‘naltirildi.

Ana shunday tadbirlar joylarda davom etmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech