11 Iyun 2025 yil 567

"Osoyishtalik ovozi" tanlovida farg‘onalik serjant faxrli o‘rinni egalladi

2025 yil 7 iyun kuni Toshkent shahrida ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilari ishtirokida ilk bor san’at yo‘nalishida tashkil etilgan “Osoyishtalik ovozi” tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Ushbu nufuzli tanlovda Farg‘ona viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan kichik serjant A.Azizov munosib ishtirok etib, o‘zining iqtidori va mahoratini namoyon etdi. Uning kuchli chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan yuksak baholanib, u faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bu yutuq nafaqat A.Azizovning shaxsiy muvaffaqiyati, balki Farg‘ona viloyati IIO tizimidagi yosh kadrlarning bilim, tafakkur va ijodkorlik qobiliyatining yuksakligidan dalolat beradi.

A.Azizovni ushbu yutuq bilan chin qalbdan tabriklaymiz va unga kelgusi faoliyatida yanada katta zafarlar tilaymiz!

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech