O‘rtaga katta miqdorda pul tikib, qimor o‘yini tashkil etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan
tadbir davomida 1962 y.t. Quva tumani, Qalinpo‘stin MFYda yashovchi A.T. jinoiy
sherigi 1974 y.t, Qayrag‘och MFYda yashovchi N.M.lar bir guruh bo‘lib qimor va tavakkalchilikka
asoslangan xo‘roz o‘yini tashkil qilib, ushbu
jinoiy faoliyatga yana 3 nafar shaxslarni sherik qilib, Farg‘ona shahar, Mustaqillik
mfyda 400 nafar ishtirokchilarni jalb qilgan holda “Xo‘roz urishtirish” uchun sharoit yaratib, ishtirokchilarning
har biridan 50 ming so‘mdan pul yiqqan vaqtda ushlandi.
Bundan tashqari
tadbir davomida kassadan 84 mln 356 ming so‘m, 3 ming 750 AQSh dollari, 8 ming
741 Qirg‘iziston somi, qimor o‘yinga kelgan shaxslardan 14 million so‘m pullar,
14 dona xo‘roz, va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat
yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati