2 Mart 2024 yil 2370

O‘rdaga sayohat 

Muzeylar hamisha o‘z bag‘ridagi tarixning ko‘hna yodgorliklari bilan har qanday kishini o‘ziga jalb qiladi.

Farg‘ona viloyati IIB ikkinchi mintaqaviy hudud saf bo‘linmasi patrul-post xizmati otryadi xodimlari Qo‘qon shahridagi O‘rda majmuasida bo‘ldilar.

Ushbu me’moriy yodgorlik 19 asrda barpo etilgan unda 100 ga yaqin katta-kichik xonalar, ichki tashqi hovlilardan iborat bo‘lgan. Birinchi hovlida ayvon, ko‘rinishxona, xazinaxona, alohida saxdli masjid, markazda xon qarorgohi, salomxona, xo‘jalik binolari, ikkinchi hovlini uning sahni bilan bog‘langan haram va xos xonalar egallagan.

Xon o‘rdasi xodimlarda katta taassurot qoldirdi. Bu kabi tadbirlar xodimlarda milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlaydi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech