Viloyat IIB boshlig‘i Oltiariq tumanida “mahallabay” o‘rganishlar olib bordi
Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvar kunidagi 1-son qaroriga asosan Boshqarma boshlig‘i, Oltiariq tumani hududidagi Povulg‘on mahallasida bo‘ldi. O‘rganishlar davomida yettilik a’zolari hamda aholi bilan suhbat olib borilib, Davlatimiz rahbarining mahallalar osoyishtaligini ko‘zlab chiqargan qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Jamoat joylarini kuzatuv kameralari bilan ta’minlash, hududlarni raqamlashtirish va yoritish bo‘yicha mutasaddilar bilan suhbatlashdi.
Shuningdek mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora tadbirlar bilan tanishdi. Jinoyat jabrlangan shaxs bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Bu kabi tadbirlar fuqarolarning huquqiy manfaatlarini himoya qilishga, jinoyatlar salmog‘ini kamaytirishga xizmat qiladi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati