30 Yanvar 2024 yil 1579

Oltiariq tumanida jinoyatchilikka qarshi kurash va uni oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan press-tur hamda matbuot anjumani tashkil qilindi

Farg‘ona viloyati IIB hamda Oltiariq tumani hokimligi Axborot xizmati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tuman IIB rahbariyati, tuman hokimligi vakillari, Diniy bo‘lim, Iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyati tuman bo‘limi rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Press-turda 7 ta mahalla misolida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, Poloson MFY profilaktika inspektori tomonidan "xavfsiz mahalla" tamoyili doirasida jamoatchilik va faol yoshlar bilan hamkorlikdagi ishlar, hududni kuzatuv kameralari bilan ta’minlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha erishilgan natijalar haqida ma’lumotlar berildi.

 Matbuot anjumanida Tuman IIB rahbariyati tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida 2023 yilda erishilgan yutuqlar, profilaktika inspektorlarining xizmat sharoitlarini yaxshilash, tajribalarni ommalashtirish, kasb mahoratini oshirish, xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi. Anjuman ishtirokchilarining savollariga javoblar qaytarildi

 Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech