15 Dekabr 2023 yil 1471

Oltiariq tumani IIBda jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida joriy yilning 11 oyida olib borilgan ishlar muhokama qilindi

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati rahbari, podpolkovnik Farruh Usarov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda tumanda 2023 yilning 11 oyi davomida umumiy  jinoyatchilik 2 foizga kamayishiga erishilgan bo‘lsa-da, ammo, o‘ta og‘ir va og‘ir turdagi jinoyatlar  oshib ketishiga yo‘l qo‘yilgani tanqid qilindi.

Shu bilan birga, tumanda jinoyatchilik ko‘rsatkichlarni ijobiy tomonga o‘zgartirishda mas’ul idoralar o‘rtasida hamjihatlik, hamkorlik yetarli darajada tashkil etilmaganligi sababli qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish, bezorilik, tovlamachilik, o‘g‘irlik jinoyatlari ham sezilarli darajada oshgan.

Viloyat IIB rahbariyati jinoyatchilik ko‘rsatkichini mahallalar kesimida tahlil qilib,  o‘z xizmat vazifasini lozim darajada bajarmayotgan profilaktika inspektorlariga intizomiy chora ko‘rish bo‘yicha taklif beriladigan bo‘ldi.

O‘z ishiga vijdonan yondashib, jinoyatchilikni jilovlashda faol xizmat qilayotgan xodimlar esa munosib rag‘batlantirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech