28 Sentyabr 2024 yil
1169
Rasmiy munosabat
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “Oltiariqda yashovchi
erkak ayolni shunaqa xo‘rlayapti” mazmunidagi xabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan
o‘rganib chiqildi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 27 sentabr kuni Oltiariq tumani
Qapchug‘ay mahallasida o‘zaro qarindosh bo‘lgan videotasvirdagi erkak va ayol o‘rtasida
kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan.
Mazkur holat shu kunning o‘zida Oltiariq tuman IIB tomonidan
ro‘yxatga olinib, ayolning tan jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida
sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda holat
yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yakuniga ko‘ra qonuniy
qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati