15 Aprel 2025 yil 1544

Oila qo‘rg‘oni buzilmasin

Marg‘ilon shahar, Tadbirkorlar uyushmasi binosida Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi a’zolari, yozuvchilar uyushmasi a’zosi, diniy idora vakillari, shahar hokimligi hamda Marg‘ilon shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori tomonidan "Oila-turmush" doirasidagi huquqbuzarliklarning

barvaqt oldini olish yuzasidan o‘tkazilayotgan "Turmush"  profilaktik tadbiri davomida nizoli oilalarni o‘rganish bo‘yicha manzilli ishlarni amalga oshirilmoqda. Xususan, shahardagi ko‘plab MFYlarda yashovchi oilalarning o‘zaro nizo sabablari o‘rganilib, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish buyicha profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Shuningdek, kelgusida oilaviy hayotda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etmasliklari yuzasidan rasmiy ogohlantirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech