12 Fevral 2020 yil 877

Oʼgʼrilar qoʼlga tushdi

Fargʼona shahar IIO FMBga 2020 yil 06 fevral kuni, Qoʼshtepa tumanida yashovchi, Fargʼona shahridagi «BARAKA DORI» firmasi ishchisi, 29 yoshli А.O ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 05 fevral kunidan 06 fevral kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxs Fargʼona shaharda joylashgan “Qandak” choyxonasi oldida turgan “Nexia” rusumli avtomashinasi eshigini kalit tanlash yoʼli bilan ochib, salonidan narxi 1 300 000 soʼmlik planshet va 400 000 soʼm pullarini oʼgʼrilab ketganligini maʼlum qilgan.   Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Fargʼona shahar IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlar natijasida ushbu jinoyatni Аndijon viloyatida yashovchi, 27 yoshli  D.D, 26 yoshli Sh.Sh. va Fargʼona shaharda yashovchi, R.Sh.lar sodir etishgani aniqlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech