23 Dekabr 2024 yil 2129

Nizoli oilalar bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida yakka tartibda profilaktik suhbatlar olib borilmoqda

Oltiariq tumani hududida yashovchi oila turmush doirasida jinoyat hamda maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etgan bundan tashqari sharʼiy nikoh hamda ajrim yoqasidagi 3-sektor hududidagi 19 ta  MFY hududlarida yashovchi nizoli oilalar bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida yakka tartibda profilaktik suhbatlar olib borildi.

Suhbatlar davomida oilalarning shart sharoitlari hamda jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishga sabab bo‘lgan omillar o‘rganib chiqildi.

Hamkor tashkilotlar tomonidan fuqarolarga huquqiy, psixologik yordamlar ko‘rsatilib kelgusida huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etishini oldini olish maqsadida rasmiy ogohlantirildi.

Kelgusida har bir sektor hududida bunday tadbirlar olib borilishi belgilab berildi.

Bundan tashqari To‘maris izdoshi tomonidan yoshlarga berilgan fikrlar ularning kelgusidagi huquqiy savodxonlik darajasini oshirishga yordam berib kelmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech