16 Aprel 2025 yil 1424

Farg‘ona shahar IIB JXX probatsiya bo‘limi tashabbusi bilan "Monomarkaz"da probatsiya nazoratidagi shaxslarni kasbga yo‘naltirish hamda ularni ish bilan ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi

Ushbu tadbirda probatsiya nazoratida turgan shaxslar ishtirok etdi.

Mazkur yarmarkaga taklif etilgan shaxslardan 2  nafariga og‘ir yuk ko‘tarish (kranovchik) kasblariga o‘qitish bo‘yicha shu yerning o‘zida hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 5 nafari esa avto elektrik, chilangar va payvandchilik vazifalariga ishga qabul qilindi.

Bundan tadbirlardan ko‘zlangan maqsad, probatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish orqali ular tomonidan sodir etilish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishdir.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech