Mini futbol bo‘yicha Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kubogi o‘tkazildi
Ma’lumki, inson salomatligini mustahkamlash va jismoniy faolligini oshirishda sportning o‘rni juda muhim.
Ayniqsa, ichki ishlar organlari xodimlarining sport bilan muntazam
shug‘ullanib borishi ularning kasbiy va jismoniy tayyorgarligini oshirishda muhim
omil bo‘lib xizmat qiladi.
Viloyat IIB Tergov boshqarmasi, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish
boshqarmasi, ekspert-kriminalistika markazi hamda uning quyi tizimi xodimlari o‘rtasida
mini futbol bo‘yicha tashkil etilgan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari kubogi musobaqalari
ham ana shu ezgu maqsadga xizmat qildi.
Osoyishtalik
posbonlari maydonda nimalarga qodir ekanliklarini amalda isbotlash uchun bor mahoratlarini
ishga soldilar.
Qizg‘in va murosasiz
bahslarda esa eng mohir sportchilardan iborat jamoalarning qo‘li baland keldi.
Musobaqa yakuniga
ko‘ra, viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi terma jamoasi faxrli 1 o‘rinni
qo‘lga kiritdi. Farg‘ona tumani IIB tergov bo‘limi terma jamoasi ikkinchi, Oltiariq
tumani IIB tergov bo‘limi jamoasi esa uchinchi o‘rin sohibiga aylandi.
Shuningdek,
eng yaxshi darvozabon va eng yaxshi to‘purar nominatsiyalari g‘oliblari ham aniqlanib,
boshqarma rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
Bir so‘z bilan
aytganda, ushbu sport musobaqalari soha xodimlari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni
mustahkamlab, ularning jismoniy va jangovar tayyorgarligini yuksaltirishga xizmat
qildi.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati