16 Aprel 2024 yil 1080

Farg‘ona viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan fuqarolarning yashash manzillariga borgan holda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib kelinmoqda

Farg‘ona viloyati IIB MvaFRB hamda uning quyi tizimlaridagi bo‘limlariga yoshi keksaligi, nogironligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra kelib murojaat qilish imkoniyati cheklangan fuqarolarga yashash xonadonlariga borib O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti bilan ta’minlash maqsadida xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish qurilmalari bilan jihozlangan “Gazel” avtomashinasi hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasini olish uchun mo‘ljallangan planshet qurilmasi yordamida fuqarolarga manzilli xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasporti hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini olish yuzasidan (71-200-00-24 ) Call markaziga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Text to speech