5 Sentyabr 2025 yil
630
Farg‘ona shahridagi “Marifat” mahallasida aholi xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida "Xavfsiz yo‘lak" tashkil qilindi
Mazkur mahalla og‘ir toifaga kiritilganligi sababli bu yerda tartib-intizomni mustahkamlash, jinoyatchilikni kamaytirish hamda profilaktika choralarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Farruxbek Usarov ushbu hududga mas’ul etib biriktirilgan.
“Marifat” mahallasining kuzatuv kameralari bilan jihozlanishi va xavfsiz yo‘laklarni tashkil qilinishi nafaqat huquqbuzarliklarga qarshi kurashda, balki jamoat xavfsizligini ta’minlashda ham katta qadam bo‘ladi.
Shuningdek mazkur hududdagi jamoat maskanlarini qo‘riqlash pultiga ulash choralari ham ko‘rilmoqda.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati