26 Dekabr 2024 yil 2089

Viloyat IIB rahbariyati Marg‘ilon shahrida sayyor qabul o‘tkazdi

Avvala xabar qilganimizdek, viloyat IIB rahbariyati xalq bilan muloqot qilish va  aholining dolzarb muammolarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida joylarda ommaviy sayyor qabullar o‘tkazmoqda.

Marg‘ilon shahrida joylashgan Raqamli axborot texnologiyalar markazida tashkil etilgan navbatdagi qabulda 31 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Ushbu murojaatlarning 6 tasi joyida ijobiy hal etildi. 8 tasi yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi va  ko‘rib chiqish uchun muddat talab etilgan 19 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech