13 Yanvar 2025 yil 1566

Marg‘ilon shahar hokimligida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida “Mahalla yettiligi” tomonidan ijtimoiy profilaktika tizimini samarali tashkil etish hamda ularning mas’uliyatini oshirish borasidagi birlamchi vazifalari tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Seminarda  IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati ishchi guruhi, Farg‘ona viloyati hokimligi, viloyat IIB, mutasaddilar va “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda,  huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik yordamlar ko‘rsatish haqida taqdimotlar qilindi. 

“Mahalla yettiligi” vakillarining savollariga javoblar qaytarilib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Seminar yakunida namunali xizmat qilib kelayotgan profilaktika inspektorlari hamda mahalla yettiligi a’zolari Ichki ishlar vazirligining faxriy yorlig‘i ham esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech