11 Aprel 2025 yil 1433

«Ma’naviyat oyligi» doirasida kitobxonlik tadbiri tashkil qilindi

Viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasida tomonidan “Ma’naviyat oyligi” doirasi turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, viloyat IIB Axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan kitobxonlik tadbiri ham shular jumlasidandir.

Hozirda barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida kutubxonalar tashkil etilgan bo‘lib, viloyat IIB  Axborot-kutubxona markazi o‘zining boy kitob fondi bilan barcha kutubxonalarga uslubiy yordam ko‘rsatadi.

Shu bois bu markazga barcha shahar-tumanlardan soha xodimlari kelib kitob o‘qish imkoniyatiga ega.

Navbatdagi kitobxonlik tadbiri ham kitobsevar xodimlarni bir joyga jamlab, ularning ma’naviy savodxonligini yuksaltirishga xizmat qildi.


Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech