11 Yanvar 2025 yil 1626

Farg‘ona shahrida “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida seminar tashkil etildi

Unda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i N.Omomnov, viloyat hokimligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va  sohaga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari hamda “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda ijtimoiy profilaktik tadbirlar – huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatishda amalga oshiriladigan ishlar majmui haqida taqdimotlar qilindi.

“Mahalla yettiligi” vakillarining savollarga mutasaddilar javoblar qaytarishdi.

Seminar yakunida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh profilaktika inspektorlari hamda mahalla yettiligi Ichki ishlar vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Text to speech