23 Fevral 2024 yil 2554

Mahallada yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlardan aholi minnatdor

Xususan,  Rishton tumanidagi Xurramobod hamda Jahonobod qishlog‘laridagi 29-,31-sonli o‘rta maktablar serqatnov yo‘l yoqasida joylashgan. Ayrim avtotransport haydovchilari maktab o‘quvchilarining hayotini xavfga solib harakatlanishadi.

Mazkur hududlarda transport vositalari harakatni tartibga solish maqsadida YPX inspektori kichik serjant A.Obidov tashabbusi bilan  MFY mas’ullari bilan hamkorlikda, sun’iy notekisliklar o‘rnatildi.

Bu kabi chora-tadbirlar Qipchok MFY dagi 2-sonli kasb xunar maktabi oldida ham amalga oshirildi.

Mahalla ahli va faollar mazkur jarayonlarni tasvirga olib, tahririyatimizga jo‘natishdi.

Fuqarolar ushbu amaliy ishlardan minnator! 

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech