4 Fevral 2025 yil 2151

Kursantlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv

Farg‘ona viloyati IIB ma’naviyat va ma’rifat zalida IIV Akademiyasi kursantlari va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Tadbirda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i, polkovnik Dilmurot Xudjaqulov va  sohaviy xizmatlarning mas’ul rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘z olganlar kursantlarga amaliyot davomida salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik,  xizmat intizomi va qonuniylikni ta’minlash borasida tushunchalar berib, ularning ota-onalari va murabbiylari oldida turgan mas’uliyat haqida ham gapirdilar.

Tadbir so‘nggida o‘qish va jamoat ishlari namuna ko‘rsatayotgan kursantlar va ularning ota-onalariga Akademiya boshlig‘ining faxriy yorliqlari hamda tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech