Koreyada ish bor deb...
Fargʼona shaharda yashovchi 21 yoshli N.N., Fargʼona viloyati IIB boshligʼi nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yilning oktyabrь oyida Fargʼona shaharda yashovchi 22 yoshli B.M., uni Janubiy Koreya Respublikasiga ishlash uchun joʼnatishini aytib, Fargʼona shahrida jami boʼlib 3.400 АQSh dollari miqdoridagi pullarni olganligini, biroq hozirgi kunga qadar ishga joʼnatmaganligini yoki olgan pullarini ham qaytarmasdan aldab kelayotganligini bildirib, B.M.,ga nibatan qonuniy chora koʼrishni soʼragan.
Mazkur ariza Fargʼona shahar IIO FMBning qayd qilish kitobiga roʼyxatga olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʼtkazish va qonuniy qaror qabul qilish uchun Fargʼona shahar IIO FMB 4-son IIB huzuridagi tergov boʼlinmasiga yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʼona viloyati IIB axborot xizmati