Farg‘ona viloyati IIB xodimi sportning “Kikboks” turi bo‘yicha Jahon kubogida faxrli 3-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba joriy yilning 24 – 29 sentabr kunlari sportning “Kikboks” turi bo‘yicha mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahri mezbonlik qilgan Jahon kubogida dunyoning 52 dan ziyod davlatlaridan kelgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi a’zosi Farg‘ona viloyati IIB Birinchi mintaqaviy hudud saf bo‘linmalari patrul-post xizmati otryadi to‘rtinchi guruhi patrul-post xizmati inspektori safdor Maxmudov Xusniddin Hasan o‘g‘li 89 kg vazn toifasida munosib ishtirok etdi.
Ushbu musobaqada sportchimiz X.Maxmudov Janubiy Koreya, Iroq
va Ukraina davlatlaridan kelgan raqiblariga qarshi ringga ko‘tarilib, musobaqa yakunida
faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati