Kasbiy va jangovar tayyogarlikni yanada oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘ining tegishli farmoyishiga ko‘ra, Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar
profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati xodimlarining huquqiy, kasbiy
va jangovar tayyorgarligini oshirish bo‘yicha o‘quv yig‘inlari davom etmoqda.
Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona akademik litseyi o‘quv bazasida olib borilayotgan mashg‘ulotlariga oliy ta’lim
mussasalari professor-o‘qituvchilari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasining
tegishli sohaviy xizmatlarining malakali xodimlari jalb etilgan.
Yig‘in davomida «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi va uning 5 ta ustuvor yo‘nalishlari doirasida amalga
oshirilishi belgilangan vazifalar, Prezidentimizning 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki
ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada
yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
qarori mazmun-mohiyati va boshqa sohaga oid qonun hujjatlar asosida dars mashg‘ulotlari
tashkil etilyapti.
Bundan tashqari, huquqiy asoslarga muvofiq huquqbuzar va jinoyatchilarga nisbatan kuch ishlatish, zararsizlantirish, qo‘lga
olish, maxsus vositalar va o‘qotar qurollarni qo‘llash, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
kabi yo‘lanishlardan ham nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi tadbirlar soha xodimlarning
jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirishga, ularning huquqiy bilimlarini yanada
mustahkamlashga xizmat qiladi.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati