Farg‘ona viloyati IIB JXX JTSB Karantin guruhi va YHXB xodimlari, Sanitariya epidimologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi hamda Davlat soliq boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda nazorat tadbiri olib borildi
Tadbir davomida, fuqarolar tomonidan magistral yo‘llarda, ko‘chalarda va belgilanmagan joylarda noqonuniy ravishda sotilayotgan tez aynuvchi, sifati tez o‘zgaruvchan bo‘lgan muzqaymoq mahsulotlari aniqlanib, savdosi chek qo‘yildi.
Shuningdek, sanitariya qoidalariga zid ravishda noqonuniy sotilayotgan yoki sifati buzilgan muzqaymoqlarni isʼtemol qilinishi natijasida fuqarolar turli kasalliklarga chalinishi, zaharlanishi mumkinligi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbiri davomida, Qo‘shtepa tumani Xumdon MFY hududidan o‘tgan
Farg‘ona-Qo‘qon avtomagistral yo‘lida Yozyovon tumanida yashovchi ayol antisanitar holatda bo‘lgan po‘kak qutida, sanitariya qoidalariga zid ravishda muzqaymoq sotayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB Karantin guruhi xodimlari va Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, muzqaymoq mahsulotlari savdosi to‘xtatildi.
Bundan tashqari ushbu hududdagi yo‘lda Yozyovon tumani va Toshloq tumanida yashovchi ayollar sanitariya qoidalariga zid ravishda muzqaymoq sotayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan muzqaymoq mahsulotlari nomaʼlum sharoitda tayyorlanganligi, sanitariya holati talab darajasida emasligi, isteʼmolga yaroqlilik sertifikati yo‘qligi, maxsus kiyim kiyilmaganligi, tibbiy ko‘rikdan o‘tilmaganligi yuzasidan fuqarolarga mutahasislar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi va mahsulotlar savdodan olindi.
Shuningdek 3 nafar ayollar avtomagistiral yo‘l yoqasida belgilanmagan joyda savdo qilayotganligi sababli YXXB inspektori tomonidan yo‘l harakat qoidasining 15-bandi yaʼni yo‘lning qatnov qismida turishga amal qilmaganligi uchun MJtKning 138-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Quvasoy shahar Qo‘chqorchi MFY hududidan o‘tgan Quva-Farg‘ona magistral yo‘l chetida Quvasoy shahrida yashovchi erkakka tegishli bo‘lgan muzqaymoqlar antisanitar holatda bo‘lgan, qo‘lbola usulda tayyorlangan po‘kak qutida, sanitariya qoidalariga zid ravishda muzqaymoq sotayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB Karantin guruhi xodimlari va Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, muzqaymoq mahsulotlari savdosi to‘xtatildi.
Tadbirlar joylarda davom etmoqda.