BIZ - KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ
Marg‘ilon shahar ichki ishlar bo‘limida «Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi» samarali o‘tkazilib, bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Masalan, bugun bo‘limda
shahar adiliya bo‘limi boshlig‘i Mo‘ydinjon Haydarov ishtirokida “Biz - korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida
huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va
qonuniylikni mustahkamlash, salbiy illatlarning oldini olish, ularning ma’naviy-ma’rifiy
savodxonligini yuksaltirish kabi masalalarda atroflicha so‘z yuritildi.
Shu bilan birga,
bo‘lim rahbariyati har bir xodimning xizmat xonasidagi shart-sharoitlar, hujjat
yuritish tartiblari, ularning psixologik
holatini o‘rganib, individual tartibda suhbatlar ham o‘tkazmoqda.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati.