11 Fevral 2025 yil
4278
Joylarda kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda
Sir emas bugun aynim fuqarolarda kibermakon haqidagi bilimlarning yetishmasligi kiberjinoyatlar qurboni bo‘lishiga olib kelyapti.
Bunday salbiy holatlarni oldini olish maqsadida, ishchi guruh hamda Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston-Koreya Xalqaro universitetida “Yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikni oldini olish va kiberxavfsizlikni ta’minlash” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazishdi.
Davra suhbatida, ishtirokchilarga kiberhujumlar va uning turlari, diniy ekstremizm, axborot xavfsizligi, onlayn qimor va uning salbiy oqibatlari, bank plastik kartalari bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar va yangi turdagi tahdidlar hamda kibergigiena mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.