12 Yanvar 2024 yil
2917
Bag‘dod, Buvayda, Uchko‘prik hamda Rishton tumanlarida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati rahbari, podpolkovnik Farrux Usarov ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi
Sektorlar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari qatnashgan tadbirlarda, o‘tgan 2023 yilda hududlarda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar tahlil qilindi.
Xususan, F.Usarov o‘z ma’ruzasida chorva hayvonlari o‘g‘irligi bilan bog‘liq holatlarga alohida to‘xtalib, bu borada har bir qishloq xo‘jaligi xodimi, fermerlar shaxsiy mas’uliyatini oshirishi, chorva hayvonlarini dala chetlarida qarovsiz qoldirmasligi, hushyor va ogoh bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Yig‘ilishlar joylarda davom etmoqda