Farg‘ona shahar IIO FMB JXX Probatsiya bo‘limi hisobida turib, jazo o‘tayotgan voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Mazkur uchrashuvda viloyat IIB Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i, shahar IIO FMB boshlig‘ining o‘rinbosarlari hamda shahar Milliy gvardiya boshqarmasi voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘linmasi boshlig‘i va Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi boshlig‘i ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Probatsiya bo‘limi hisobida turib, jazo o‘tayotgan voyaga yetmaganlar raxbarlar tomonidan qayta jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etmasliklari yuzasidan rasman ogoxlantirilib, ularning ota onalaridan kafolat xatlari olindi.
Milliy gvardiya xodimi tomonidan voyaga yetmaganlarning ota onalari
yoki ularning qonuniy vakillariga ko‘riladigan ma’muriy choralar to‘g‘risida tushanchalar
berilgan bo‘lsa, Yoshlar ishlari agentligi raxbari tomonidan ularga yaratilgan shart-sharoitlar
to‘g‘risida tushuntirildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati