Internet ijtimoiy tarmoqlaridagi “Diqqat eʼlon! Margʼilonda toʼqnashuv!” nomli habar yuzasidan
Joriy yilning 7 fevral kuni soat 10.00lar chamasida Turon MFY Yangi Fargʼona koʼchasida yoʼlning qatnov qismida “Margʼilon buyuk ipak yoʼli” MChJga aʼzo 10 nafar va “Lochin” MChJga aʼzo 10 nafar haydovchilar oʼrtasida “33-yoʼnalish”da harakatlanishni talashib, oʼzaro ogʼzaki janjal kelib chiqqan.
Maʼlum boʼlishicha, 2019 yilda oʼtkazilgan tenderda “Lochin” MChJ mazkur yoʼnalishda harakatlanish huquqini qoʼlga kiritgan. “Margʼilon buyuk ipak yoʼli” MChJ esa oʼzboshimchalik bilan ushbu yoʼnalishda “33-А” yoʼnalishini tashkil qilgan. Bu esa, har ikkala MChJ haydovchilari oʼrtasidagi kelishmovchilikka sabab boʼlgan.
Holat yuzasidan 20 nafar “Damas” haydovchilariga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi va 201-moddalari bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib Margʼilon shahar maʼmuriy ishlar boʼyicha sudiga taqdim etildi. Sud tomonidan haydovchilarning 7 nafariga 6 sutkadan, 1 nafariga 3 sutka qamoq jazosi berildi. 14 nafar voqea ishtirokchilari eng kam oylik ish haqqining 3 baravari miqdoridagi jarimaga tortildi.
Janjalda ishtirok etgan haydovchilarga tegishli 10 ta avtomobilь MJtKning tegishli moddalariga asosan jarima maydoniga olib kirildi.
Shu oʼrinda hamyurtlarimizdan jamoat tartibini buzmasdan oʼz xuquq va burchlarini toʼgʼri anglab, harakatlanishlarini soʼrab qolardik.
Zero, qonun va qoidalarni mensimaslik, javobgarlikka olib boradi.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati