Rasmiy munosabat
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Qo‘qon shahrida huquq-tartibot
organlari xodimlari uyga bostirib kirishganligi haqidagi videoxabar Farg‘ona viloyati
IIB tomonidan o‘rganib chiqildi
Ma’lum bo‘lishicha, 07.01.2024 yil kuni fuqaro E.T. “102” xizmatiga
qo‘ng‘iroq qilib, Qo‘qon shahar Sarboz ko‘chasida 2 nafar aka-ukalar unga tegishli
“Neksiya-2” rusumli avtomashinasini olib qochib, yashirib, qaytarib bermayotganligini
bildirgan.
11 yanvar kuni JIB Qo‘qon shahar sudining ajrimiga asosan shahar
IIB tezkor xodimlari daliliy ashyo va gumon qilinuvchilarni tergovga olib kelish
maqsadida A.S.ning yashash xonadoniga borishganda, A.S.,Sh.S. va I.T. hamda ularning
yaqin qarindoshlari sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan ashyolar bilan
xodimlarga qattiq qarshilik ko‘rsatishgan.
Tadbirga jalb etilgan xizmat avtomashinasi hamda jabrlanuvchi
E.T.ga tegishli “Neksiya-2”ni ham tosh bilan urib, shikastlashgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar Prokuraturasi tomonidan I.T. va
A.S.larga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan hamda shahar IIB tomonidan
267-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.
Shu o‘rinda fuqarolarimizdan ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan
yuqoridagi kabi xabarlarga rasmiy munosabat bildirilmasdan turib, noo‘rin xulosaga
bormasliklarini so‘rab qolamiz.