27 Iyun 2022 yil 554

RASMIY BAYONOT

Internetdagi You Tube ijtimoiy tarmogʻida tarqalgan “Oʻgʻlimni urib, boʻyningga olasan, boʻlmasam onangni qamayman, - dedi” sarlavhali videoxabar Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.

Ma’lum boʻlishicha, joriy yilning 24-mart kuni Rishton tuman IIB xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “m” bandi bilan sud tomonidan qomoqqa olish tarzidagi extiyot chorasi qoʻllanilgan holda qidiruv e’lon qilingan Rishton tumani Maktab koʻchasi 16 A-uyda yashovchi Ya.B ning yashash xonadoniga borishganda Ya.B ning ukasi Ya.D (videotasvirdagi erkak) xodimlarning bir necha bor tushuntirishiga qaramasdan ichki ishlar organlari xodimlariga faol qarshilik koʻrsatib, tezkor tadbirni oʻzida boʻlgan qoʻl telefoniga tasvirga olib, xodimlarning xizmat faoliyatiga halaqit bergan.
Holat yuzasidan Ya.D tuman IIB binosiga olib kelinib tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Qidiruv e’lon qilingan Ya.B ning yashash xonadoniga 29.05.2022-yil kuni takroran borilganda, xonadon eshigi ichkaridan qulflanganligi sababli, tegishli tartibda yashash xonadoniga qoʻshni tomondan kirilib, uy uning oila a’zolari, xolislar guvohligida koʻzdan kechirilayotganda, Ya.B qoʻshni uyning tomidan yerga sakragan payt, IIO xodimlar tomonidan qoʻlga olingan.
Holati yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizaning 30.05.2022-yil kunidagi xulosasida Ya.B da aniqlangan jarohatlarning joylashishi va xarakteriga asoslanib, ushbu tan jarohatlarini oʻziga-oʻzi balandlikdan yerning qattiq qatlamiga sakrab olganligi koʻrsatilgan.
Qidiruvdagi B.Ya ni ushlash boʻyicha oʻtkazilgan qidiruv tadbirlari davomida IIB xodimlari tomonidan qidiruvdagi B.Ya va uning yaqin oila a’zolariga nisbatan jismoniy yoki ruhiy tazyiqlar yetkazilganligi holatini aniqlash maqsadida tuman prokuraturasi hamda Fargʻona viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlanib nazoratga olingan.
Shu oʻrinda fuqarolarimizdan bir tomonilama yondashilgan, asoslanmagan axborotlardan nooʻrin xulosa chiqarmasliklarini soʻrab, ayrim jurnalist va blogerlarimizni esa OAV lar orqali yolgʻon axborot tarqatganlik va tuxmat qilganlik holati tasdiqlangan taqdirda, qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantiramiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech