8 Noyabr 2023 yil 1546

Inspektor-psixologlar va  xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlar ishtirokidagi bir haftalik oʻquv kurslari yuqori saviyada oʻtkazilmoqda

Avval xabar berganimizdek, Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishga koʻra, joriy yilning 4-noyabridan 10-noyabriga qadar ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi qoshidagi voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlar uchun bir haftalik maxsus oʻquv kurslari tashkil etish belgilangan.

Ushbu farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida Fargʻonada ham harbiy qism bazasida oʻquv kurslari yuqori saviyada oʻtkazilmoqda.

Xodimlarning kasbiy mahorati va bilim saviyasini yanada oshirish maqsadida tashkil etilayotgan oʻquv mashgʻulotlari zamonaviy innovatsion texnologiyalar va  interfaol usullar yordamida olib borilyapti. Bunda amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularning yechimlariga alohida e’tibor berilyapti. 

Mashgʻulotlarga yuqori malakali professor-oʻqituvchilar, psixologlar va sohaviy xizmatlardan yetakchi mutaxassislarning jalb etilganligi  sifat hamda samaradorlikning muhim omili boʻlmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻquv yigʻini yakunida ishtirokchilar sinovdan oʻtkazilib, maxsus sertifikatlar topshiriladi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech