4 Noyabr 2023 yil 1324

Inspektor-psixologlar va  xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar uchun bir haftalik maxsus o‘quv kurslari boshlandi

Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishga ko‘ra, joriy yilning 4 noyabridan 10 noyabriga qadar ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi qoshidagi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar uchun bir haftalik maxsus o‘quv kurslari tashkil etish belgilangan.

Ushbu farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘onada ham o‘quv kurslari boshlandi.

O‘quv yig‘ini boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati rahbari, podpolkovnik Farruh Usarov ishtirok etdi.

Xizmat rahbari o‘z so‘zida o‘quv kurslarini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xodimlarning kasbiy mahorati va bilim saviyasini yanada oshirish ekanligini ta’kidlab, mаshg‘ulot zamonaviy innovatsion texnologiyalar va  interfaol usullar yordamida olib borilishi, bunda amaliyotda uchrayotgan muammolarning yechimlariga alohida e’tibor berilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, o‘quvchilarni bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlari bilan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘quv yig‘ini yakunida ishtirokchilar sinovdan o‘tkazilib, maxsus sertifikatlar topshiriladi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech