15 May 2025 yil 148

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi

Xabaringiz bor ayni kunlarda IIV ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish yo‘nalishida bajarilgan ishlar o‘rganilib, soha xodimlariga ko‘maklashilmoqda. Ayni tadbirlar doirasida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullaev hamda Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov rahbarligida Marg‘ilon shahridagi IT park binosida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida jami 29 nafar fuqaro ishtirok etib, 30 ta masala bo‘yicha murojaatlar bildirildi. 7 ta murojaat ijobiy hal etildi, 12 ta murojaat bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi, 10 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etilganligi sababli nazoratga olindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech