Qo‘qon shahrida voleybol bo‘yicha Ichki ishlar vaziri kubogi sport musobaqasiga start berildi
Mamlakatimizda sportni yanada rivojlantirish, voyaga yetmaganlar va yoshlarni sport turlariga jalb qilish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Jumladan, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi.
Shu munosabat bilan har yili respublika shahar-tumanlar mahallalarda yoshlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha Ichki ishlar vaziri kubogi musobaqasi o‘tkaziladi.
Kuni kecha Qo‘qon shahar IIB tashabbusi bilan Ichki ishlar vaziri kubogi sport musobaqalariga start berildi.
Tantanali ochilish marosimida shahar IIB rahbariyati ishtirokchilarni tabriklab, musobaqani yuksak saviyada ko‘tarinki o‘tishiga tilak bildirishdi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati