Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayram munosabati bilan bir guruh soha faxriylari holidan xabar olindi
Jumladan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati bayram munosabati bir guruh faxriylarning xonadoniga borib, ularning holidan xabar oldilar. Ustozlarga bayram sovgʻalari taqdim etildi.
Faxriylar esa koʻrsatilgan ehtiromdan cheksiz mamnun boʻlib, boshqarma rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishdi.
Ichki ishlar organlarida koʻp yillar samarali xizmat qilib, nafaqaga chiqqan Boyoʻgʻlon Gusayinovning xonadonida tashkil etilgan 1500 tadan ziyod kitoblar jamlangan oilaviy kutubxona mehmonlarning e’tiborini tortdi.
Boshqarma rahbariyati faxriyning kitobga boʻlgan muhabbatini yuqori baholab, har bir xonadonda ana shunday kutubxona boʻlishi oilada kamolga yetayotgan yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir qilishini qayd etdilar.
Joylarda bunday sahovat va ehtirom tadbirlari davom etmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati