7 Fevral 2020 yil 1369

Ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika xizmati tergov harakatlari va tezkor qidiruv tadbirlarining isbotlov bazasini mustahkamlashda muhim oʼrin tutadi.

IIOning huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularni fosh etish amaliyotida ilmiy asoslangan dalillar nafaqat adolatli tergov olib borishni taʼminlaydi, balki aybsiz fuqarolarni IIOlarida ortiqcha sarson boʼlishini oldini oladi.
Oʼz oʼrnida, ekspert-kriminalistika xizmati xodimlarini zamonaviy texnik vositalar bilan taʼminlash, ekspert-kriminalistlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish va oʼz vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshib faollik koʼrsatayotgan xodimlarni ragʼbatlantirish IIO tergov-tezkor xizmatlar oldiga qoʼyilgan vazifalarni yanada samarali amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Shu munosabat bilan Fargʼona viloyati IIB Ekspert-kriminalistika boʼlimi va uning hududiy boʼlinmalarining 2019 yildagi faoliyati tahlil qilinib, ashyoviy dalillar tadqiqoti boʼyicha ijobiy natijalarga erishgan xodimlarni moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʼyicha tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda viloyat IIB boshligʼi polkovnik D.B. Tashxodjaev tomonidan tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ekspert-kriminalistlar oʼz xizmat vazifalarini yanada sifatli bajarishi, sohaga zamonaviy ilgʼor kriminalistik uslub vositalarni joriy qilishda doimiy ravishda oʼz bilim saviyasini oshirib borish lozimligini taʼkidlab oʼtdi.
Tadbir yakunida 12 nafar ekspert-kriminalistlarga zamonaviy monoblok kompьyuteri va rangli printerlar taqdim qilindi.
Shuningdek, hodisa joylarini sifatli koʼzdan kechirish, zamonaviy ilmiy uslublarni qoʼllagan holda jinoyatlarni “issiq izi”dan fosh etishda jonbozlik koʼrsatgan xodimlar faoliyati yangi mezonlar asosida baholanishi va munosib taqdirlanishi aytib oʼtildi.


                                                                       Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech