17 Aprel 2025 yil 1344

IIV JXD ishchi guruhi Farg‘onada o‘rganishlar olib boryapti

Avval xabar qilganimizdek, ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy mahorati, jismoniy va jangvar salohiyati yuksaltirish maqsadida 10 kunlik o‘quv yig‘ini tashkil etilgan.

Farg‘onada o‘rganishlar olib borayotgan IIV JXD ishchi guruhi a’zolari mazkur o‘quv yig‘inlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ishchi guruh tomonidan dastlab xodimlarga yo‘riqnoma o‘tkazildi. Unda mashg‘ulotlarning sifatiga alohada e’tibor berish, egallangan huquqiy bilimlarni amaliyotda keng qo‘llash, nafaqat sohaviy, balki siyosiy, ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan voqealardan ham doimiy xabardor bo‘lib borish lozimligi tushuntirildi. 

Shuningdek, Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyati IIB JXX faoliyatini tahliliy asosda o‘rganib,  yuritilayotgan hujjatlar, ularning mazmunan to‘g‘riligiga, huquqiy asoslanganligiga hamda belgilangan tartibda bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, xizmat xonalarining jihozlanish darajasi va qulayligi ham ko‘zdan kechirildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech