IIV JXD ishchi guruhining Farg‘onadagi o‘rganishlari davom etmoqda
Avval xabar
qilganimizdek, IIV JXD ishchi guruhi a’zolari
Farg‘ona viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, Ishchi
guruh a’zolari Farg‘ona viloyati IIB JXX
JTSB PPX bataloni hamda Yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarmasida bo‘lib, xodimlar
uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan
tanishdilar.
Shuningdek,
Farg‘ona shahrida yangi tashkil etilgan huquq-tartibot maskanlarida bo‘lib, ushbu
maskanlarda yangicha tizim asosida ish olib borish uchun yaratilgan qulayliklar,
texnik imkoniyatlar o‘rganildi.
Xodimlar bilan muloqot o‘tkazilib, xizmat
sifatini yanada takomillashtirish borasida tavsiyalar va uslibiy yordamlar berildi.
Shuningdek,
ishchi guruhi viloyatimizda voleybol sport turini rivojlantirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, mutaxassis va murabbiylarga ushbu
sport turi ommaviyligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati.